Kirish
Izohli Atamalar Lug'ati - texnik manbalarni o'zbek tiliga o'girayotgan tarjimonlar uchun asos manba bo'lishni ko'zlaydi.
O'zbekcha-Inglizcha-Ruscha Ko'rsatkich
Bu indeks barcha atamalarni o'zbekcha nomi bo'yicha alfavit tartibida keltiradi.
A
Alxorazma - Algorithm - Алгоритм
L
Lug'at - Map - Ассоциативный массив
T
Tizma - Array - Массив
Tuzma - Struct - Структура
Oʻ
Oʻzgaruvchi - Variable - Переменная
X
Xislat - Trait - Трейт
Y
Yo'yg'ich - Parser - Синтаксический анализатор
Ruscha-Inglizcha-O'zbekcha Ko'rsatkich
Bu indeks barcha atamalarni ruscha nomi bo'yicha alfavit tartibida keltiradi.
А
Алгоритм - Algorithm - Alxorazma
Ассоциативный массив - Map - Lug'at
M
Массив - Array - Tizma
П
Переменная - Variable - Oʻzgaruvchi
С
Структура - Struct - Tuzma Синтаксический анализатор - Parser - Yo'yg'ich
Т
Трейт - Trait - Xislat
Inglizcha-Oʻzbekcha-Ruscha Koʻrsatkich
Bu indeks barcha atamalarni inglizcha nomi boʻyicha alifbo tartibida keltiradi.
A
Algorithm - Alxorazma - Алгоритм
Array - Tizma - Массив
M
Map - Lug'at - Ассоциативный массив
P
Parser - Yo'yg'ich - Синтаксический анализатор
S
Struct - Tuzma - Структура
T
Trait - Xislat - Трейт
V
Variable - Oʻzgaruvchi - Переменная
Alxorazma
Inglizcha: Algorithm Ruscha: Алгоритм Soha: Dasturlash
Alxorazma – bu aniq bir muammoni hal qilish yoki hisob-kitobni amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻz-oʻzidan toʻliq boʻlgan, bosqichlar yoki qoidalar ketma-ketligidir. Kompyuter fanlarida alxorazmalar kiritiluvchi maʼlumotlarni tartiblangan, cheklangan operatsiyalar seriyasi orqali kerakli natijaga aylantiradigan dastur bajarilishi uchun asosiy reja vazifasini oʻtaydi. Bu atama tarixiy ildizlarga ega boʻlib, buyuk IX asr matematigi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ismining lotin shakli – Algoritmidan kelib chiqqan. Uning arab raqamlari va hisoblash usullari haqidagi taʼsirli risolasi Gʻarbga tizimli matematik tartiblarni olib kirdi, bu esa keyinchalik zamonaviy alxorazma tushunchasining paydo boʻlishiga sabab boʻldi.
Alxorazma kundalik hayotimizning ajralmas qismidir. Masalan, Oʻzbekistonning milliy taomi – palov tayyorlash jarayoni ham mukammal bir alxorazmadir. Bu jarayon aniq qadamlarga boʻlinadi: avval goʻsht va sabzi qovuriladi (zirvakni tayyorlash), keyin guruch qoʻshiladi va suv solinadi. Har bir bosqich oʻzining qatʼiy qoidalariga amal qiladi. Agar biror qadam oʻtkazib yuborilsa yoki tartibi buzilsa, natija – mazali palov hosil boʻlmasligi mumkin. Demak, palov tayyorlash uchun zarur boʻlgan masalliqlar maʼlum bir tartibda (alxorazma asosida) qayta ishlanib, oxirida mukammal taom (natija) yaratiladi.
Aloqador atamalar
- bosqich
E'tiborga olingan muqobillar
- algoritm
- alxorizm
- alxorizma
Lugʻat
Inglizcha: Map, HashMap, Associated Array
Ruscha: Ассоциативный массив
Soha: Dasturlash
Lug'at
Lugʻat kompyuter fanida ma'lumotlarni saqlash va ularga kirishni tezlashtirish uchun ishlatiladigan muhim maʼlumotlar tuzilmasidir. U kalit va unga mos keladigan qiymat juftliklaridan tashkil topgan bo'lib, har bir kalit noyobdir. Lug'atda ma'lumotlarni qidirish, qo'shish va oʻchirish jarayonlari, odatda, \(O(1)\) ("bir" doimiy vaqt) murakkablikda amalga oshiriladi, bu esa uni katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlashda juda samarali qiladi. Bu samaradorlik kalitni qiymat saqlangan xotira manziliga aylantiradigan qiymalovchi topshiriq yordamida erishiladi, garchi ba'zida to'qnashuvlar (ikki xil kalit bir xil manzilni koʻrsatishi) yuz berishi mumkin boʻlsa-da, ular maxsus usullar bilan hal qilinadi. Shuning uchun, lug'atlar dasturlashda, masalan, tezkor qidiruv jadvallarini yaratishda yoki ma'lumotlar bazalarini indekslashda keng qoʻllaniladi.
Aloqador atamalar
- Qiymalovchi
- Lugʻat kaliti
E'tiborga olingan muqobillar
- g'aladon
- kalitli tizma
- xarita
Tizma
Inglizcha: Array Ruscha: Массив Soha: Dasturlash
Tizma – bu bir xil turdagi ma'lumot elementlarining ketma-ket, qo'shni xotira joylarida saqlanadigan to'plamidir. Har bir elementga uning o'rin-raqami orqali murojaat qilinadi. Ba'zi tillar 0-oʻrin-raqamli boʻlsa, boshqalari 1-oʻrin-raqamlidir. Ya'ni, tizmaning birinchi elementiga 0-chi o'rin-raqam bilan murojaat qilinadi. 1-o'rin-raqamli tillarda esa, tizmalar 1-chi o'rin-raqamdan boshlanadi.
Tizmaning tuzilishi
0-oʻrin-raqamli tizma quyidagicha ko'rinadi:
| Oʻrin-raqam | 0 | 1 | 2 | 3 |
|---|---|---|---|---|
| Qiymat | A | B | C | D |
Aloqador atamalar
- Aylangich
- Kalitli tizmalar
E'tiborga olingan muqobillar
- ketma-ketlik
- massiv
Tizma
Inglizcha: Struct Ruscha: Структура Soha: Dasturlash
Tuzma ma'lumotlar jinsi dasturlashda bir butun jismni ifodalash uchun turli xil jinsdagi ma'lumotlarni bir joyga to'playdigan tuzilmadir. U murakkabroq ma'lumotlarni tartiblash va ularni bitta nom ostida boshqarish imkonini beradi. C tilida struct kalit so'zi bilan e'lon qilinadi va u shunchaki ma'lumotlar to'plami bo'lib, unga bog'liq bo'lgan topshiriqlar alohida yoziladi. Rust tilida ham tuzmalar xuddi shunday ma'lumotlarni birlashtiradi, biroq Rust tuzmalari C ga nisbatan ancha kuchliroqdir; ular nafaqat ma'lumotni o'z ichiga oladi, balki impl tatbiq maydonlari yordamida qobiliyatlar (topshiriqlar) bilan ham boyitilishi, ya'ni xuddi shakllar kabi xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Rust'da tuzmalar xotira xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.
Aloqador atamalar
- sonlov
- qobiliyatlar
- topshiriqlar
- ma'lumot jinsi
E'tiborga olingan muqobillar
- tuzik
Oʻzgaruvchi
Inglizcha: Variable Ruscha: Переменная Soha: Dasturlash
Oʻzgaruvchi - dasturlash tilida qiymatni saqlash uchun mo'ljallangan, nomlangan xotira joyidir. Siz uni kompyuter xotirasidagi yorliq yopishtirilgan quti deb tasavvur qilishingiz mumkin, uning ichida matn yoki son kabi ma'lumotlar turadi. Siz bu qutiga biror qiymatni yuklaysiz (masalan, yosh=30).
Ba'zi dasturlash tillarida, masalan, Rust tilida, oʻzgaruvchilar aslan oʻzgarmasdir. Uni oʻzgaruvchan qilish uchun maxsus mut kalitso'zidan foydalaniladi.
Dasturlashda o'zgaruvchi qamrovi (variable scope) — bu o'zgaruvchi e'lon qilinganidan keyin dasturning qaysi qismlarida unga murojaat qilish yoki uni ishlatish mumkinligini belgilaydigan qoidalar to'plamidir. Masalan, biror topshiriq ichida e'lon qilingan mahalliy o’zgaruvchi faqat shu topshiriqning ichki qismida qamrovga ega bo'ladi. U topshiriqdan tashqarida mavjud emas va unga kirishga urinish xatolikka olib keladi.
Oʻzgaruvchi turlari
Oʻzgaruvchi va oʻzgarmas oʻzgaruvchilar
Ba'zi dasturlash tillarida, oʻzgaruvchilar aslan oʻzgarmas boʻladi: masalan, Rust, Erlang/Elixir.
Rust tilida oʻzgaruvchini oʻzgaruvchan qilib yaratish uchun mut kalitsoʻzi ishlatiladi.
JavaScript tilida, oʻzgarmas oʻzgaruvchilar uchun const va oʻzgaruvchan oʻzgaruvchilar uchun esa let kalitsoʻzidan foydalaniladi.
Aloqador atamalar
- qamrov
- o'zgaruvchan
- o'zgarmas
Xislat
Inglizcha: Trait Ruscha: Трейт Soha: Dasturlash
Rust Xislati (trait) bir tur amalga oshirishi mumkin bo'lgan usullar va tegishli elementlarning umumiy to'plamini belgilaydi. Ular Rustning umumiy dasturlash markazida turadi, chunki bu xislatni tatbiq qiladigan har qanday tur bilan ishlaydigan topshiriqlarni yozishga imkon beradi (xislat chegaralari deb ataladi). Xislatlar Java, C# va Go kabi Jismli Dasturlov (JD) tillardagi Interfeyslarga o'xshaydi. Bu tillardan farqli o'laroq, Rust siz aniqlamagan tur uchun ham xislatni tatbiq qilishga ruxsat beradi (lekin buning o'z qoidalari bor), bu mavjud uchinchi tomon yoki ona xazina turlariga yangi xatti-harakatlarni qo'shish imkonini beradi.
Aloqador atamalar
- qamrov
- tatbiz maydoni
- xislat chegaralari
- topshiriqli dasturlov
- jismli dasturlov
Yo'yg'ich
Inglizcha: Parser Ruscha: Синтаксический анализатор Soha: Dasturlash
Kompyuter fanlarida yoʻygʻich koʻplab dasturiy tizimlarning, ayniqsa tuzgʻichlar va tilmochlarning asosiy tarkibiy qismidir. Uning asosiy vazifasi – kiritilgan maʼlumotlarni, odatda belgilar ketma-ketligi yoki belgilar qatori (masalan, dastur manba bitigi, belgilash tili yoki maʼlumotlar fayli) koʻrinishidagi maʼlumotlarni olish va uni rasmiy grammatikaga muvofiqligini tekshirishdir. Yoʻygʻich kiritmaning til qoidalariga mos kelishini aniqlaydi; bu jarayon sintaktik tahlil deb ataladi. Agar kiritma toʻgʻri boʻlsa, yoʻygʻich koʻpincha ichki tasvirni, masalan, tahlil daraxti yoki Abstract Syntax Tree (AST) ni yaratadi. Bu daraxt tuzilmasi tizimning keyingi bosqichlari uchun maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va natija yaratishni osonlashtiradi, bu natija bitikni bajarish, uni mashina tiliga tarjima qilish yoki veb-sahifani tasvirlash boʻlishi mumkin.
Aloqador atamalar
- yoʻymoq
- yoʻyilmish
- bitik
- tilmoch
- tuzgʻich
E'tiborga olingan muqobillar
- parser