Keyboard shortcuts

Press or to navigate between chapters

Press S or / to search in the book

Press ? to show this help

Press Esc to hide this help

Oʻzgaruvchi

Inglizcha: Variable Ruscha: Переменная Soha: Dasturlash

Oʻzgaruvchi - dasturlash tilida qiymatni saqlash uchun mo'ljallangan, nomlangan xotira joyidir. Siz uni kompyuter xotirasidagi yorliq yopishtirilgan quti deb tasavvur qilishingiz mumkin, uning ichida matn yoki son kabi ma'lumotlar turadi. Siz bu qutiga biror qiymatni yuklaysiz (masalan, yosh=30).

Ba'zi dasturlash tillarida, masalan, Rust tilida, oʻzgaruvchilar aslan oʻzgarmasdir. Uni oʻzgaruvchan qilish uchun maxsus mut kalitso'zidan foydalaniladi.

Dasturlashda o'zgaruvchi qamrovi (variable scope) — bu o'zgaruvchi e'lon qilinganidan keyin dasturning qaysi qismlarida unga murojaat qilish yoki uni ishlatish mumkinligini belgilaydigan qoidalar to'plamidir. Masalan, biror topshiriq ichida e'lon qilingan mahalliy o’zgaruvchi faqat shu topshiriqning ichki qismida qamrovga ega bo'ladi. U topshiriqdan tashqarida mavjud emas va unga kirishga urinish xatolikka olib keladi.

Oʻzgaruvchi turlari

Oʻzgaruvchi va oʻzgarmas oʻzgaruvchilar

Ba'zi dasturlash tillarida, oʻzgaruvchilar aslan oʻzgarmas boʻladi: masalan, Rust, Erlang/Elixir.

Rust tilida oʻzgaruvchini oʻzgaruvchan qilib yaratish uchun mut kalitsoʻzi ishlatiladi.

JavaScript tilida, oʻzgarmas oʻzgaruvchilar uchun const va oʻzgaruvchan oʻzgaruvchilar uchun esa let kalitsoʻzidan foydalaniladi.

Aloqador atamalar

  • qamrov
  • o'zgaruvchan
  • o'zgarmas